Muddati o'tgan dori vositalarini saqlayotgan dorixonaga chora ko'rildi

18.01.2024 1004

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Urganch tumani bo’limi tomonidan o’tkazilgan tekshirishda “Shavkat Yo’ldosh Farm” XKga tegishli dorixonada realizatsiya qilish maqsadida 19 turdagi muddati o’tgan sifatsiz dori vositalari saqlanayotganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holat boʻyicha, “Shavkat Yo’ldosh Farm” XKga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyati uchun 2020-yil 24-aprelda berilgan AA 275-sonli litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Bo’got tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda "Shavkat Yo’ldosh Farm” XKga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Eslatib o’tamiz, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunning 20-moddasiga muvofiq sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi